Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida

0
106
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qasim-Jomart Tokayev davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlar ekan, uning qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan hissasini alohida taʼkidladi.

Suhbatda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama tovar ayirboshlashni yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, tranzit salohiyati va hududlararo hamkorlikdagi keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini taʼkidladilar.

Shu munosabat bilan oʻtgan hafta ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari ishtirokida «Beyneu-Akjigit-Oʻzbekiston chegarasi» avtomobil yoʻlining ochilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili doirasida birgalikdagi madaniy-gumanitar tadbirlarni muvaffaqiyatli oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.