Qozogʻiston Prezidenti Toshkentga keldi

0
69
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. 

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. 

Davlat tashrifining asosiy tadbirlari 15 aprel kuni Koʻksaroyda boʻlib oʻtadi. Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. 

Prezidentlar Oʻzbekistonda Qozogʻiston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.