Qozogʻistondagi xalqaro musobaqada yurtimiz tennischilari sovrindor boʻlishdi

0
99
views

Qozogʻistonning Qaragʻanda shahrida stol tennisi boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 30 ming AQSH dollar boʻlgan “Kazakhstan International Open” xalqaro turnirida gʻoliblar nomi aniqlandi.

Ilk marotaba oʻtayotgan musobaqaning kattalar oʻrtasidagi aralash juftlik bahslari finalida Muhammad Oʻktamboyev va Soʻgʻdiyona Madaliyeva tandemi finalga chiqdi. Afsuski, musobaqa finalida yurtimiz sportchilari rossiyalik Maksim Kaburkin va Valeriya Kotchurga qarshi  bahsda  oʻzlaridan ancha tajribali raqiblariga imkoniyatni boy berib qoʻydilar va kumush medalga sazovor boʻlishdi.

gujum.uz

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here