Qozogʻistonga amaliy tashrif yakunlandi

0
111
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida Oʻzbekiston yetakchisi yurtimizning tashkilotga raisligida erishilgan asosiy natijalarni qayd etdi, tuzilmani yanada rivojlantirish va turkiy mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning ustuvor yoʻnalishlari borasidagi fikrlarini bayon qildi, qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. 

Sammit doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun “Turkiy dunyoning oliy ordeni” tantanali topshirildi.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Oʻzbekiston Prezidenti Toshkentga joʻnab ketdi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Alixan Smailov kuzatib qoʻydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.