Shu kunlarda jahondagi jami musulmon ummati tomonidan keng bayram qilinayotgan muqaddas Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan qutlovlar kelmoqda.
Tabriknomalarda Oʻzbekiston yetakchisi va koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan, mamlakatimizda barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan siyosat toʻliq qoʻllab-quvvatlangan, shuningdek, ikki tomonlama doʻstlik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga intilish qatʼiy ekani taʼkidlangan.
Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan,
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,
Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said,
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II,
Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,
Quvayt Davlati valiahd shahzodasi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum,
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bagʻdod Amreev,
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim,
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy,
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.