Qurishdan avval infratuzilmani mustahkam qilish kerak

0
225
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida bosh reja asosida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi.

Maʼlumki, 2017 yili Toshkent viloyati markazi ushbu shaharga koʻchirilgan, oʻtgan yili uning bosh rejasi ishlab chiqilgan edi. Bugungi kunda bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Toshkent yoʻli koʻchasi kengaytirilib, bir qavatli eski imoratlar oʻrnida koʻp qavatli uylar, ofislar, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurilmoqda. Yil oxirigacha 8 ta bank filiali va 9 ta maʼmuriy bino foydalanishga topshiriladi. 

Davlatimiz rahbariga bosh rejaga asosan shaharning markaziy qismini batafsil rejalashtirishga oid maʼlumotlar berildi. Unga muvofiq, bu yerda Toshkent viloyati hokimligi, vazirlik va idoralar boshqarmalari, madaniyat obyektlari, universitet va maktablar, shifoxona, sport majmualari boʻlishi rejalashtirilgan. Koʻp qavatli uylar energiya tejaydigan materiallardan qurilishi koʻzda tutilgan.

Prezidentimiz birinchi navbatda infratuzilma tarmoqlarini mustahkam qilib qurish lozimligini taʼkidlab, ularni sifatli ekspluatatsiya qiladigan mutaxassislar tayyorlash, vazirlik va idoralar binolarini optimal joylashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.