Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida

0
88
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Bugungi kunda maʼnaviy qadriyatlarimizning jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyatini yanada oshirish, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼrifiy merosida ulugʻlangan, xalqimiz tomonidan asrlar davomida eʼzozlab kelinayotgan insonparvarlik, shukronalik, bagʻrikenglik, mehr-oqibat va saxovat tuygʻularini kuchaytirish hamda muborak Ramazon hayitini munosib nishonlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may – payshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2021 yil 13 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF–6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF–6222-son Farmoni bilan 2021 yil 14–15 may kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari sifatida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayitining karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oʻtkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. MIRZIYOYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.