Rossiya Federatsiyasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi va «Yangi Oʻzbekiston» majmuasiga tashrif buyurdi

0
52
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26 may kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Prezidentini davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 27 may kuni boʻlib oʻtadi.

Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini koʻrib chiqadilar.

Sammit yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar toʻplami qabul qilinishi rejalashtirilgan. Prezidentlar, shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yigʻilishida ham ishtirok etadilar.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Toshkent shahriga kelgach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida «Yangi Oʻzbekiston» bogʻiga tashrif buyurdi.

Anʼanaga koʻra, Rossiya rahbari Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻydi.

Majmuani qisqa koʻzdan kechirish davomida oliy martabali mehmonga ushbu meʼmoriy ansambl mazmuni va oʻziga xos jihatlari haqida maʼlumot berildi.

 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.