Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.
Tashrifning asosiy tadbirlari 19 oktyabr kuni Koʻksaroyda boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar natijasida 20 ta hujjat imzolandi.
Davlat rahbarlari norasmiy uchrashuv ham oʻtkazdi.
Prezident Vladimir Putin Rossiyaga joʻnab ketdi. Uni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.