“Samarkand Half marathon” oʻz gʻoliblarini aniqladi

0
199
marta koʻrilgan.

 Samarqand shahrida  “Samarkand Half marathon” xalqaro musobaqasi yakunlandi. Yurtimizda sogʻlom turmush tarzini, turizmni yanada rivojlantirish, sport va sanʼatni  uygʻunlashtirish  maqsadlari asosida tashkil qilingan ushbu xayriya marafonida 23 ga yaqin mamlakatdan 1100 nafardan ortiq sportchi va havaskor ishtirokchilar qatnashdi. 

 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov va Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov marofon qatnashchilarini tabriklab,  musobaqaning ahamiyati haqida gapirdi.

Ushbu marafonni oʻtkazish uchun  Samarqand shahri tanlab olingani bejizmasligi, sportchilar reglamentda belgilab qoʻyilgan masofalarni shaharning markaziy koʻchalari boʻylab bosib oʻtishi, bu esa Samarqandning turizm sohasidagi imkoniyatlarini keng ochib berish uchun yana bir qulay imkoniyat yaratishini taʼkidlashdi.

Marafonchilar Samarqand shahri koʻchalari boʻylab, jumladan, Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Hazrati Xizr masjidi, Xoʻja Doniyor yodgorligi, Mirzo Ulugʻbek muzey-majmuasi, Bibixonim masjidi singari tarixiy obidalar oldidan belgilangan masofani bosib oʻtdilar. Ularni shahar aholisi, mehmonlar olqishlab turdi.

Ikki km.ga yugirishda hamyurtlarimiz  Xurshid Ahmadaliyev  va Marjona Baratovalarga birinchilik nasib qildi, Oʻn 10 km.ga chopishda qozogʻistonlik  Dmitriy Ivanchikov va Tatyana Neroznak birinchi oʻrinni egallashdi. Yigirma bir  km.ga yugirishda yurtimiz vakillari  Shohruh Davlatov va Nurxon Muhriddinova  gʻolib boʻlishdi.

Marafon gʻoliblari tashkilotchilarning pul mukofoti va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 2 va 3-oʻrinni egallaganlar, marafonning faol ishtirokchilari, eng yosh va eng keksa marafonchilar ham munosib ragʻbatlantirildi.

J. Saʼdullayev tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.