16 sentyabr kuni Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Sammitda ShHT faoliyatining muhim sohalaridagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. ShHT Davlat rahbarlari kengashining Samarqand deklaratsiyasi tadbirning bosh yakuniy hujjati boʻldi.
Jami 44 ta hujjat — bitim, konsepsiya, dasturlar va boshqa qarorlar qabul qilindi. Bu tashkilot tarixida rekord koʻrsatkichdir. Jumladan:
– ShHTga aʼzo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qoʻshnichiligi, doʻstligi va hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnoma qoidalarini 2023-2027 yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks harakatlar rejasi toʻgʻrisida;
– ShHTga aʼzo davlatlarning oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirish va samarali transport yoʻlaklarini yaratish boʻyicha konsepsiyasi toʻgʻrisida;
– “ShHTning ezgu niyat elchisi” faxriy unvoni toʻgʻrisidagi nizom toʻgʻrisida;
– ShHTga aʼzo davlatlarning oʻzaro hisob-kitoblarida milliy valyutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” toʻgʻrisida;
– Eronning ShHTga aʼzo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum imzolangani toʻgʻrisida;
– Belarus Respublikasini ShHT aʼzoligiga qabul qilish jarayonini boshlash toʻgʻrisida;
– Maldiv Respublikasi, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Myanma Ittifoqi Respublikasi, Quvayt Davlatiga ShHTning muloqot boʻyicha sherigi maqomini berish toʻgʻrisida;
– Varanasi shahrini (Hindiston) 2022-2023 yillarda ShHTning turizm va madaniy poytaxti deb eʼlon qilish toʻgʻrisida;
– ShHT kotibiyati va Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha BMT (YUNYeSKO) oʻrtasida memorandumni imzolash toʻgʻrisida;
– ShHT Bosh kotibining tashkilotning oʻtgan yilgi faoliyati hamda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining 2021 yilgi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari haqida;
– ShHT Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida;
– ShHT faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, ShHT Davlat rahbarlari kengashining:
– iqlim oʻzgarishiga nisbatan javob harakatlari toʻgʻrisida;
– ishonchli, barqaror va diversifikatsiyalashgan yetkazib berish zanjirlarini taʼminlash toʻgʻrisida;
– global oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida;
– energetik xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi bayonotlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida quyidagi hujjatlar imzolandi:
– Eronning ShHTga aʼzo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum;
– ShHTga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– ShHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida xizmatlar savdosi sohasidagi hamkorlikning hadli asoslari;
– ShHT mamlakatlarining vakolatli organlari oʻrtasida muzey ishi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
– ShHT mamlakatlarining vakolatli organlari oʻrtasida oʻsimliklar karantini sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
– ShHT mamlakatlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hamkorligi dasturi;
– ShHT mamlakatlarini infratuzilmaviy rivojlantirish dasturi;
– ShHT mamlakatlarining ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasini ragʻbatlantirish dasturi;
– Raqamli savodxonlikni rivojlantirish boʻyicha ShHT dasturi;
– ShHTga aʼzo davlatlarning sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha hamkorligi dasturi;
– ShHTga aʼzo davlatlarning tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish va davolash masalalarida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
– ShHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida ustuvor yoʻnalishlardagi ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha harakatlar rejasi (2022-2025 yillarda);
– ShHTda mintaqa ichidagi savdoni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasi;
– ShHT mamlakatlarining telemeditsina sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi;
– ShHT mamlakatlarining “aqlli” qishloq xoʻjaligi va agroinnovatsiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi;
– ShHT va Arab davlatlari ligasi kotibiyatlari oʻrtasida memorandum;
– ShHT kotibiyati va Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha BMT (YUNYeSKO) oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida memorandum;
– ShHT kotibiyati bilan Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida memorandum va boshqa hujjatlar imzolandi.