Bolajonlarimizning yozgi dam olish mavsumini maroqli oʻtkazishlarida Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi ham oʻz hissasini qoʻshmoqda.
Bir guruh ijodiy va texnik xodimlar teatrda sahnalashtirilgan “Oʻrik gullaganda” spektaklini oromgohlardagi bolajonlarga namoyish etishmoqda. Joriy yilning 12 iyun kuni Toyloq tumanidagi “Amir Temur” nomli, Urgut tumanida joylashgan “Chorchinor” yozgi sogʻlomlashtirish maskanlarida namoyish etilgan spektakl bolajonlarda katta tassurot qoldirdi.
Rejaga asosan 13 iyun kuni ham teatr jamoasi koʻchma spektakl bilan viloyatdagi yozgi oromgohlarga safar uyushtirishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston madaniyat vazirligi Matbuot xizmati