Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti boʻlib oʻtadi

0
250
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar rahbarlarining yigʻilishi boʻlib oʻtadi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtadigan tadbirda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etadi.

Shuningdek, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY), Turkiy davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA), Xalqaro turkiy akademiya, Turkiy madaniyat va meros jamgʻarmasi hamda ushbu koʻp tomonlama tuzilmaning kotibiyati rahbarlari qatnashishi rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va  boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli va koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, Tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari oʻrin olgan. Bu BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga toʻliq mos keladi.

Yakunda Samarqand deklaratsiyasi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan boshqa muhim qaror va hujjatlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.