Samarqandda zamonaviy dam olish maskani barpo etiladi

0
190
marta koʻrilgan.

Samarqand viloyatining sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali boʻyida turistik markaz qurilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 iyul kuni bu yerga tashrif buyurib, shu boradagi loyiha taklifi bilan tanishdi. Majmua uchun 360 gektar yer ajratilishi, uning 80 gektarida anjumanlar markazi, mehmonxonalar va boshqa obyektlar qurilishi moʻljallangan. Mehmonxonalar 5, 4 va 3 yulduzli boʻlib, barcha toifadagi sayyohlarni qamrab oladi. Sayilgohlar, suzish joylari, sunʼiy orolchalar, restoranlar tashkil etiladi.

— Samarqandliklar va bu yerga kelgan yurtdoshlarimiz dam olish uchun qayerga boradi? Hozircha aytarlik bunday joy yoʻq. Chet ellik sayyohlar ham asosan tarixiy obidalarni koʻrish va ziyorat uchun keladi. Shu bois dam olish turizmi uchun ham sharoit yaratish kerak. Bu maskan ziyorat turizmi bilan hamohang boʻlishi, xalqimiz, sayyohlar boʻsh vaqtida bu yerga kelib dam olishi zarur. Bu Samarqand iqtisodiyoti uchun yana bir oʻsish nuqtasi boʻladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Samarqandga kelgan sayyohlar soni joriy yilda oʻtgan yilgiga nisbatan ikki barobar oshgan. Kelgusi ikki yilda bu yerga chet ellik turistlar tashrifini 2, mamlakatimiz boʻyicha esa 10 millionga yetkazish moʻljallangan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.