Tavallud kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Qutlovlarda milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichida aholi turmush sifati va darajasini tubdan oshirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishda davlatimiz rahbarining beqiyos roli qayd etilgan, koʻp millatli Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, samimiy istaklar izhor etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Tavallud kuningiz munosabati bilan samimiy tabrigimni qabul qilgaysiz.
Siz yurtdoshlaringiz orasida va xorijda Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti uchun ulkan ishlarni amalga oshirayotgan tajribali va uzoqni koʻra biladigan davlat arbobi sifatida haqli ravishda yuksak hurmatga sazovor boʻldingiz. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga Sizning shaxsan qoʻshgan hissangiz beqiyosdir.
Konstruktiv muloqotimiz va yaqin hamkorlikdagi faoliyatimizni davom ettirish menga mamnuniyat bagʻishlaydi. Ishonchim komil, Sizning Rossiyaga boʻlajak tashrifingiz qardosh xalqlarimiz farovonligi yoʻlida barcha sohalarda ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin dildan mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tilayman.
Hurmat bilan,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Keyingi yillarda Xitoy bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida ijobiy oʻsish tendensiyasi namoyon boʻlmoqda – siyosiy oʻzaro ishonch muttasil mustahkamlanmoqda, “Bir makon, bir yoʻl”ni birgalikda bunyod etish borasidagi saʼy-harakatlar kengaymoqda, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi gumanitar aloqalar hamda mintaqaviy va xalqaro masalalardagi oʻzaro hamkorlik faollashmoqda.
Shu yil aprel oyida Pekin shahrida “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro hamkorlik forumi doirasida boʻlib oʻtgan samarali uchrashuvimiz ikki tomonlama munosabatlarga yangi surʼat bagʻishladi. Men Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta eʼtibor beraman, oʻrtamizdagi mustahkam doʻstlikni gʻoyat qadrlayman, davlatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yoʻlida koʻp tomonlama hamkorlikning yangi marralariga erishish uchun Siz bilan birgalikda bor saʼy-harakatni ishga solishga tayyorman.
Sizga mustahkam sogʻlik va masʼuliyatli davlat lavozimidagi faoliyatingizda yangi zafarlar tilayman.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
Si Szinpin
Shuningdek, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon;
Armaniston Respublikasi Prezidenti Armen Sarkisyan;
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In;
Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko;
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev;
Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
MDH Ijroiya qoʻmitasi Raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.