Samimiy qutlovlar

0
119
marta koʻrilgan.

Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sogʻlik, omonlik va muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot hamda farovonlik tilaklari bildirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Mustaqillik kuni munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga eng samimiy tabriklarimni bildirish menga katta mamnuniyat bagʻishlaydi.

Biz xalqaro hamkorlik har qachongidan ham zarur boʻlgan murakkab davrda yashamoqdamiz. Biz, Xalqlar, tinchlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlarini taʼminlash yoʻlida vijdon bilan birlashsak, butun dunyo bundan yutadi.

Ushbu bayram kunida mamlakatingiz Birlashgan Millatlar Tashkilotini mustahkamlashga koʻmaklashish hamda barcha uchun yorqin kelajakka erishish borasidagi umumiy saʼy-harakatlarimizni ilgari surishda faol ishtirok etadi, degan umiddaman.

Janobi Oliylari, Sizga boʻlgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.

Antoniu Guterrish,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi

Shuningdek, quyidagilar oʻz qutlovlarini yoʻllagan:

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi

Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilxom Aliyev 

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy

Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta Ikkinchi

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron

Italiya Respublikasi Prezidenti Serdjo Mattarella

Ispaniya Qiroli Felipe Oltinchi

Belgiyaliklar Qiroli Filipp

Avstriya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Van der Bellen

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev

Vengriya Prezidenti Yanosh Ader

Portugaliya Respublikasi Prezidenti Marselo di Soza

Ruminiya Prezidenti Klaus Verner Yoxannis

Slovakiya Respublikasi Prezidenti Zuzana Chaputova

Chexiya Respublikasi Prezidentiya Milosh Zeman

Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Uli Maurer

Yaponiya Imperatori Naruxito

Singapur Respublikasi Prezidenti Xalima Yakub

Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo

Malayziya Podshohi Al Sulton Abdulloh Riayatuddin al-Mustafo Billoh Shoh

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi

Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Natx Kovind

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan

Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi muvaqqat Prezidenti Abdulqodir ibn Saloh

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid

Bangladesh Xalq Respublikasi  Bosh vaziri Shayxa Hasina

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos

Afgʻoniston Islom Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Abdulla

Saudiya Arabistoni Podshohligii Bosh vaziri zrinbosari, mudofaa vaziri, valiahdi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon 

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon 

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dunʼyuy

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya

Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al-Usaymin

Rim-katolik cherkovi rahbari Fransisk

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.