Qurbon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda Prezidentimizga sogʻlik va muvaffaqiyatlar, mamlakatimiz xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev
Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Quvayt Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Oʻmon Sultoni Qobus bin Said
Bahrayn Podshohligi Hamad ibn Iso Ol Xalifa
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi ibn Husayn
Bangladesh Prezidenti Abdul Hamid
Falastin Davlati Prezidenti, Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qoʻmitasi raisi Mahmud Abbos
Afgʻoniston hukumati Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon
Islom hamkorligi tashkiloti Bosh kotibi Yusuf al-Usaymin
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengashi hamraisi Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.