Sanʼatkorlar bilan samimiy suhbat

0
428
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida yangi barpo etilgan muhtasham Sanʼat saroyi va amfiteatrda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi,  deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

700 oʻrinli Sanʼat saroyi hamda 3 ming oʻringa moʻljallangan amfiteatrda zamonaviy qulayliklar yaratmlgan. Xorijdan ovoz yozish hamda sozlash, yoritish tizimi uskunalari, monitorlar keltirib oʻrnatildi. Xorijlik mehmonlarga toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilib berish uchun kabinalar, sanʼatkor va aktyorlar xonalari maxsus jihozlar bilan taʼminlandi.

Hududi 32,5 gektar boʻlgan maskanning atrofi obodonlashtirilib, koʻkalamzorlashtirildi. Musiqali favvora qurildi.

Davlatimiz rahbari bu yerda poytaxtimiz tetrlari bilan hamkorlikda mahorat darslari oʻtkazish, spektakllar qoʻyish, xususan, davlat buyurtmasi asosida Iso at-Termiziy va Alpomish haqida asarlar yaratish zarurligini taʼkidladi. Teatr ijodkorlari uchun koʻp qavatli uy bunyod etish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.