Sanoat hududi yonida “Yangi Oʻzbekiston” massivi qad koʻtardi

0
65
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorakoʻl tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Hududda ilgari bunchalik keng koʻlamli qurilish boʻlmagan edi. Davlatimiz rahbarining 2021 yil 13 avgustdagi qaroriga muvofiq “Qorakoʻl” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan keyin sanoat jadal surʼatga kirdi. Undagi zavodlarda kelgusida minglab odamlar ish bilan taʼminlanadi. Qolaversa, yurtimizning boshqa hududlaridan ham mutaxassislar kelib ishlaydi. Ularga qulaylik, oilalariga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida mazkur iqtisodiy zona yaqinida yangi massiv bunyod etilmoqda. 

Loyiha ikki bosqichli boʻlib, 1 ming 380 xonadonli 71 ta koʻp qavatli uy, taʼlim va tibbiyot muassasalari, mahalla markazi hamda xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi koʻzda tutilgan. 

Hozirda birinchi bosqichda 12 ta koʻp qavatli uy, maktab, bolalar bogʻchasi, poliklinika foydalanishga topshirilgan

Prezidentimiz shu yerda mahalla vakillari bilan suhbatlashdi.

— Mahallada “ettilik” hamfikr va hamjihat boʻlsa, ishsizlik, jinoyat boʻlmaydi. Buning uchun ularda yetarli vakolat bor. Mutasaddi tashkilotlarni jalb etib, odamlarning daromad topishiga yordam berish kerak. Maktabda taʼlim sifatidan xabardor boʻlish, bitiruvchilarni oliy taʼlimga, daromadli hunarlarga yoʻnaltirish zarur, — dedi davlatimiz rahbari.

Atrofni, yoʻl boʻylarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Kelgusida hududda istirohat bogʻi va suzish havzalari tashkil etiladi.  Boʻsh maydonlarga daraxtlar ekilib, xiyobonga aylantiriladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.