Sanoat mahsulotlari va yangi loyihalar taqdimot qilindi

0
60
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatining sanoat koʻrgazmasi va yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda rejalashtirilgan loyihalar hamohang taqdimot qilindi.

Koʻrgazmada isitish tizimlari uchun katta va kichik qozonlar, ogʻir va yengil sanoat uchun detallar, turli oʻlcham va quvvatdagi sovutgichlar, elektrotexnika uskunalari, mototsikllar koʻzdan kechirildi. Shuningdek, davlat xaridlarini tartibga solish mexanizmi namoyish etildi.

Oxirgi yetti yilda viloyatga qariyb 4 milliard dollarlik investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 90 mingta ish oʻrni va 1 milliard 800 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan. Joriy yil viloyatda 1 milliard 300 million dollarlik 607 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Buxoro viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 14 milliard dollarlik 80 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 4 milliard dollarlik 14 tasini  investorlar va tarmoq rahbarlari birgalikda taqdimot qildi.

Loyihalarga Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Loyihalar qurilish materiallari, elektr texnikasi, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot, konchilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.

Masalan, Xitoy bilan hamkorlikda Gʻijduvon tumanida 600 MVtga teng shamol elektr stansiyasini qurish, malayziyalik investor tomonidan Peshku tumanida grafit konini oʻzlashtirish va elektroskuterlar uchun akkumlyatorlar ishlab chiqarishni tashkil etish, eronlik investorlar tomonidan Buxoro tumanida kimyo klasterini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur 80 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 22 ming 200 tadan ortiq aholi ish bilan taʼminlanadi.

Prezidentimiz qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni va mahalliylashtirishni koʻpaytirish, xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.