Sariosiyoda “Zarchob-3” kichik gidro elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

0
71
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari koʻpaytirilmoqda. Jumladan, gidroenergetikada bir oqim orqali koʻp marta “yashil energiya” hosil qilish mumkin.

Shu bois Prezidentimizning 2017 yil 17 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, Toʻpalang daryosida kichik elektr stansiyalari ham qurildi. Xususan, 2020 yil dekabrda 37 megavattli “Zarchob-1” hamda 2021 yil sentyabrda 38 megavattli “Zarchob-2” GESlari ishga tushirildi. Bugungi kunda ularda 48 mingta xonadonga yetadigan elektr energiyasi hosil qilinmoqda.

Daryoning quyi qismida yana bir kichik GES – “Zarchob-3” loyihalashtirildi. Davlatimiz rahbarining tashrifi chogʻida uning qurilishiga tamal toshi qoʻyildi.

Uning quvvati 16 megavatt boʻladi va yiliga 70 million kilovatt/soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi. U tabiiy va qayta tiklanuvchanligi bilan ahamiyatli. Shuningdek, boshqa quvvatlar asosan kunduz kuni ishlab chiqarilgani bois, bu yoʻnalish energetika tizimida rostlovchi vazifasini ham oʻtaydi. Olinadigan elektr tannarxi ham boshqa manbalarga nisbatan ancha arzon. 

Hozirgi tizim boʻyicha, daryo suvi maxsus bosim ostida avval Toʻpalang GESiga yoʻllanadi. Undan keyin bir biridan uncha uzoq boʻlmagan Zarchob stansiyalaridagi parraklarni aylantiradi.

Shuningdek, xususiy sektor tomonidan mikro GESlar barpo etishga ham keng imkoniyat berilmoqda. Buning uchun huquqiy, iqtisodiy sharoitlar yaratilgan. Jumladan, kichik va mikro GESlarni qurish istagidagi tadbirkorlarga yerlarni 20 yil muddatga ijaraga berish, ular ishlab chiqargan elektrni davlat tomonidan kafolatli sotib olish tizimi joriy qilingan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.