Saudiya Arabistoniga tashrif tarixiy voqealarga boy boʻldi

0
185
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi yakunlandi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mamlakatimiz rahbari 17 avgust kuni Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan muzokara oʻtkazdi. Uning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan Podshohligi oʻrtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish toʻgʻrisida Qoʻshma bayonot, shuningdek, energetika, bojxona, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, mehnat munosabatlari sohalarida 15 ta hujjat qabul qilindi.

18 avgust kuni Islom hamkorlik tashkiloti hamda Islom taraqqiyot banki rahbarlari, saudiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Makka va Madina shaharlari ziyorati ham tashrifning alohida eʼtiborli voqeasi boʻldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 avgustga oʻtar kechasi Jiddadan Toshkentga joʻnab ketdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.