Saylovlar xalq farovonligi, Vatan taraqqiyoti kafolati

0
211
marta koʻrilgan.

Yurtimiz hayotida muhim siyosiy ahamiyatga ega 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlar boʻlib oʻtdi.

Demokratiya koʻzgusi boʻlmish ushbu jarayonlarda har bir fuqaro konstitutsion huquqiga muvofiq, oʻzi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi.

 Xorazm viloyatida ham ovoz berish jarayonlari ertalabdan qizgʻin tus oldi. Xususan, viloyatning 117 saylov okrugi 61 – uchastkasi ham bayramona bezatilgan.

– Hali tong oqarmasdan turib saylovga kelganlar bizni juda xursand qildi, 1960 nafar saylovchidan 750 nafari soat 11gacha ovoz berib boʻldi. Bizda saylovchilarga imkoniyatlar ham yaratilgan. Vrach Muborak Xudoyberganova yetakchiligida  uch hamshira ularning xizmatida shay turibdi. Keksa va ijtimoiy himoyaga muhtoj 28 sakkiz kishi roʻyxatga olingan boʻlib, ularning ishtirokini uyida taʼminlash uchun uchastkamizdan vakillar ajratildi.  – deydi uchastka raisi Roza Saidova.

Shuningdek, okrugning 14 saylov uchastkasida  ham  saylovlar qizgʻin kechdi.

– Bugungi faoliyatimni jonajon Oʻzbekistonim taraqqiyoti va xalqimizning farovonligi uchun ovoz berishdan boshladim, – deydi 14 saylov uchastkasi aʼzosi Nasiba Abdullayeva.

R. Sapayeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.