Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Sen aziz va muqaddassan, muqaddas ayol” bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etildi. Unda universitetning professor-oʻqituvchi ayollari, xodimlar va talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirni OʻzDJTUning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Yusupov Otabek Yakubovich ochib berdi va rektorning bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
Bayram tadbirida mashhur sanʼatkorlar, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ravshan Komilov, VIA Marokand guruhi, Afruza va boshqa estrada yulduzlari ishtirok etdi. Ular oʻz kuy-qoʻshiqlari bilan barcha tantana ishtirokchilarini tabriklashdi.
Shuningdek, iqtidorli talaba-qizlar tomonidan ijro qilingan raqslar hamda Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqiy akademik litseyi oʻquvchilarining chiqishlari bayramga yanada fayz bagʻishladi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar hamda sanʼatkorlarga minnatdorlik bildirilib, universitet tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.
Bayram tadbiridan soʻng barcha universitet xodimalariga universitet tomonidan bayram sovgʻalari ulashildi.