Oʻzbekiston Respublikasi oʻn beshinchi yalpi majlisida Senat vakolatlariga kiradigan 23 masala, shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil ijro etishga qaratilgan 10 qonun koʻrib chiqildi.
Senatorlar tomonidan qabul qilingan qarorlar xalqaro hamkorlikni kengaytirishda, mamlakatimiz yon-atrofida xavfsizlik muhitini yaratishda, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashda, mamlakatimizda barqarorlik va farovonlikni taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.