«Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya qabul qilinganiga 34 yil toʻldi.
Shu munosabat bilan Senatda yurtimizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan bolalar bilan uchrashuv oʻtkazdik.
Bola huquqlarini taʼminlash, ularning sogʻligi, sifatli taʼlim olishi, salohiyatlarini yanada rivojlantirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, alohida eʼtiborga muhtoj farzandlarimizga davlatimiz tomonidan gʻamxoʻrlik koʻrsatilmoqda.
Muloqotimiz davomida bolalarning fikrlarini ham eshitdik. Eng quvonarlisi, ular oʻzlari tengdoshlari orasida turli soʻrovlar, tahlillar oʻtkazib, bolalarning hayotlarini yaxshilashga doir aniq takliflarini bildirishdi. Albatta, aziz farzandlarimiz fikrlarini oʻz ish faoliyatimizda inobatga olamiz.
Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti orqali ularni faoliyatimizga jalb qilishga ham kelishib oldik.