Sharifa Davronova Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi

0
139
marta koʻrilgan.

Quvaytda 18 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kun bahslaridayoq Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor boʻldi.

Mamlakatimizga dastlabki medalni 3 hatlab sakrash boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni Sharifa Davronova keltirdi. Ahamiyatlisi, u chempionlikni bu gal uzunlikka sakrash yoʻnalishida amalga oshirdi. Hamyurtimiz shaxsiy rekordini yangilab, 6,06 metr natija bilan yakunladi.

Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan boshqa bir atletimiz Xushnoza Shavkatova 5,78 metr bilan toʻrtinchi oʻrindan joy oldi.  Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni Hindiston va Gonkong sportchi qizlari egalladi.

  1. Sharifa Davronova (Oʻzbekiston) – 6,06 metr
  2. Moham Mubsina (Hindiston) – 5,91
  3. Jia Yin (Gonkong) – 5,81
  4. Xushnoza Shavkatova (Oʻzbekiston) – 5,78

 GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.