«Sharq taronalari» – turli sivilizatsiyalar, xalqlar va millatlar oʻrtasida oʻziga xos madaniy hamkorlik hamda muloqot maydoni

0
333
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 avgust kuni «Sharq taronalari» oʻn ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni mamlakatimizda koʻrishdan mamnunligini bildirib, yigʻilganlarni mazkur ayyom bilan muborakbod etdi.

Ushbu anjuman turli sivilizatsiyalar, xalqlar va millatlar oʻrtasida oʻziga xos madaniy hamkorlik hamda muloqot maydoniga aylanganini, Registon maydoniga qadam qoʻygan har bir sanʼatkor, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, bashariyat farzandi sifatida dillarni dillarga, ellarni ellarga bogʻlashini taʼkidladi. 

— Musiqa sanʼati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. Sanʼat bilan oshno boʻlgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland boʻladi, — dedi Prezident. 

Shuningdek, marosimda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Bangladesh, Polsha, Belarus, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan rasmiy shaxslar, faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Bu yilgi festivalda 75 ta davlatdan 340 nafar vakil qatnashmoqda. Davlatimiz rahbari ularni sanʼatning chinakam fidoyilari, tinchlik va ezgulik elchilari deb atadi.

Festival doirasida «Sharq xalqlari anʼanaviy musiqa sanʼatini rivojlantirish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham boʻlib oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.