Shavkat Mirziyoyev Ahmad Fargʻoniy haykali poyiga gul qoʻydi

0
175
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrifini Ahmad Fargʻoniy merosi ziyoratidan boshladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Maʼlumki, bu buyuk vatandoshimiz oʻz davrining yetuk astronomi, matematigi va geografi boʻlgan, Bagʻdod va Damashqda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazgan, 856 yildan esa Qohirada yashab, umrining soʻnggiga qadar Misrda ilm-fan bilan shugʻullangan.

Olim koʻplab muhim kashfiyotlar qilgan. Jumladan, 861 yilda Nil daryosidagi Ravza orolida suv sathini oʻlchaydigan inshoot barpo ettirgan. “Miqyos an-Nil” nomi bilan mashhur bu qurilma qishloq xoʻjaligi va iqlimni baholashda juda muhim boʻlgan. Qariyb 1200 yil davomida inshootdan oʻtgan asrgacha uzluksiz foydalanilgan. Bugungi kunda esa u turistik maskanga aylantirilgan.

2007 yilda Miqyosi Nil yaqinidagi xiyobonda Ahmad Fargʻoniyga haykal oʻrnatilgan. Prezidentimiz uning poyiga gulchambar qoʻyib, mutafakkir bobomizning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Soʻng davlatimiz rahbari Miqyosi Nil inshootini koʻzdan kechirdi, uning tarixi, Ahmad Fargʻoniy ilm-fanga qoʻshgan hissasi haqida olimlar bilan suhbatlashdi. Ulugʻ allomaning hozirgacha saqlanib kelayotgan merosi, umuman, oʻzbeklarning Misr tarixidagi oʻrni xalqlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlikdan dalolat berishi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.