Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10 oktyabr kuni Ashxobodga keldi.
Oliy martabali mehmonni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi oʻrinbosari Esenmurat Orazgeldiyev kutib oldi.
MDH sammitining asosiy tadbirlari 11 oktyabrga moʻljallangan. Sammit doirasida Prezidentimizning qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.