Shavkat Mirziyoyev avtomobil yoʻllari sifatini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

0
300
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlari hududida qurilgan yangi avtomobil yoʻlini borib koʻrdi.

19 kilometrdan ziyod uzunlikdagi mazkur yoʻl qurilishi uch bosqichda amalga oshirilishi belgilangan. Bugungi kunda uning 12 kilometri, jumladan, Chirchiq daryosi ustida koʻprik barpo etilgan. 
Maʼlumki, Toshkent shahrini Chorvoq hududi bilan bogʻlaydigan avtomobil yoʻlida qatnov juda koʻp. Dam olish mavsumida koʻpincha tirbandlik yuzaga keladi. Bu yangi yoʻl katta yuklamani oʻziga olib, masofani ham qisqartiradi, aholi va sayyohlarning kurort zonalarga tez va oson yetib borishini taʼminlaydi.

Prezident yoʻllar qurilishini izchil davom ettirish, bu sohada sifatni taʼminlash uchun malakali kadrlar tayyorlash zarurligini taʼkidladi. Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish institutida Germaniyaning oʻqitish tizimini joriy qilish, shu sohada oʻrta mutaxassislar tayyorlaydigan mintaqaviy kollejlar tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Manba: president.uz

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.