Davlatimiz rahbari Samarqandga safari chogʻida Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Marhumning haqiga Qurʼon tilovat etildi.
Oʻtganlarni yaxshi amallari bilan eslash, ruhlarini shod etish muqaddas qadriyatlarimizdandir. Ulamolar bilan suhbatda Islom Karimovning ana shunday insoniy fazilatlari yodga olindi.
– Islom aka kamtar inson edilar. Bu maqbara ham oʻzlariga munosib boʻlgan. Bu yerga mehr berganmiz. Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettirayapmiz. Ruhlari shod boʻlsin, ilohim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Allohdan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik tilab duo qilindi.