Shavkat Mirziyoyev buxorolik faollar bilan suhbatlashdi

0
55
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Qorakoʻl tumanida jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Buxorolik nuroniylar ijtimoiy davlat tamoyili asosida joylarda inson manfaatlari taʼminlanayotganini aytishdi. Zamonaviy maktab va institutlar tashkil etilib, bolalar taʼlim-tarbiyasiga imkoniyatlar kengaymoqda. Aholining salomatligi doimiy nazoratda. 

Iqtisodiy-ijtimoiy dasturlar natijasida tumanlarga sanoat kirib borayapti, mahallalar obod boʻlmoqda. Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilishga keng yoʻl ochilgan.

Sayxunobod tajribasi asosida iqtisodiy kompleks tashkilotlari kambagʻal oilalar bilan manzilli ishlab, ularning daromad topishiga koʻmaklashmoqda. Tomorqalardan samarali foydalanilayapti.

Bular yurtimizdagi toʻkinlik va farovonlik, ijtimoiy muhit barqarorligini yanada mustahkamlayotgani taʼkidlandi. Nuroniylar Buxoroda ishga tushirilayotgan va qurilayotgan korxonalarning aholi bandligidagi ahamiyatini qayd etib, davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.