Shavkat Mirziyoyev: Daromadi koʻpaysa, fermer ilmga eʼtibor beradi

0
101
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Izboskan tumanidagi “Rustamjon Zamin rivoji” fermer xoʻjaligi dalasida gʻalla hosilini koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xoʻjalikda 55 gektardan ziyod yerga bugʻdoy ekilgan. Uning har gektaridan 72 sentnerdan ziyod hosil olish kutilmoqda.  Shundan 177 tonna davlat resurslari uchun sotiladi, 225 tonna oʻz ixtiyorida qoladi.

13 gektarda yomgʻirlatib sugʻorish joriy qilingan. Gʻalladan boʻshagan maydon takroriy ekin ekish uchun 200 nafar aholiga ajratib berilmoqda. Davlatimiz rahbari gʻallaning navi, hosildorligi bilan qiziqdi.

— Gʻalla hosildorligini 100 sentnerga chiqarish choralarini koʻrish kerak. Shunda fermerning ham, ishchilarining ham daromadi oshadi. Daromadi koʻpaysa, fermer ilmga eʼtibor beradi, yangicha ishlashga oʻtadi, qoʻni-qoʻshnisiga, yoshlarga foydasi tegadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda viloyat fermerlari, yoshlar vakillari bilan muloqot boʻldi.

— Bugun Andijonga kelishimdan maqsad odamlar islohotlarning foydasini sezyaptimi, roʻzgʻorida oʻzgarish boʻldimi, xalqni rozi qilish uchun yana nimalar qilish kerak, degan savollarga javob topish, — dedi Prezident. — Yurib koʻryapman, albatta, oʻzgarish bor. Lekin bu bizni qoniqtirmaydi. Yanada koʻproq ishchi joylar, mahallalarda sharoitlar qilishimiz kerak.

Uchrashuvda qishloqlarda sanoatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xonadonlarda parrandachilik, tomorqachilikni kengaytirish masalalari haqida soʻz bordi.

— Islohotlarning kuchi — mahallada, — deya taʼkidladi davlatimiz rahbari.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.