Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi

0
159
views

11 oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashining Ashxoboddagi majlisi dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari bugun yuksak darajaga koʻtarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Uchrashuvda savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezidentlar boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini koʻrib chiqdilar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here