Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli davlat lavozimidagi faoliyatida yangi yutuqlar, doʻst Tojikiston xalqiga esa tinchlik-omonlik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tiladi.