Shavkat Mirziyoyev eski uylarda yashayotgan odamlarga munosib sharoitlar yaratish boʻyicha topshiriq berdi

0
112
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida Andijon shahridagi eski mahallaga kirib, odamlarning turmush sharoitlarini koʻzdan kechirdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Shahar markazida joylashgan bu mahallada uylar ichma-ich, tartibsiz qurib tashlangan. Muhandislik tarmoqlari yoʻqligi sabab devorlar nurab, sanitariya holati yomonlashib qolgan edi. 

Davlatimiz rahbari bu ahvol bilan bevosita tanishib, odamlar bilan suhbatlashdi. Bunday sharoit xalqimizga yarashmasligini, mahalla aholisi yangi qurilayotgan zamonaviy uylarga koʻchirilib, munosib sharoitlar bilan taʼminlanishini taʼkidladi. 

Odamlar xalqning dardini his qilgani, turmush sharoitlarini yaxshilashga eʼtibori va gʻamxoʻrligi uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Shu yerda Andijon shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik ishlari muhokama qilindi. Jumladan, mazkur eski mahalla hududida 9 qavatli 70 ta ta turar joy barpo etish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Davlatimiz rahbariga «Andijan sity» ishbilarmonlik shaharchasi qurilish loyihasi haqida ham maʼlumot berildi. Qariyb 70 gektar maydonda bunyod etilishi moʻljallangan ushbu shaharcha besh yulduzli mehmonxona, kongress xoll, ofislar, sogʻlomlashtirish va koʻngilochar joylar, restoranlar, 7, 9 va 12 qavatli turar joylardan iborat boʻladi.

Prezidentimiz bu shaharcha uzoqni oʻylab, kompleks yondashuv asosida qurilishi, u Andijon uchun namuna, andoza boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Shu boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.