Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Fumio Kisidaga uning mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Davlatimiz rahbarining maktubida mamlakatlarimizning birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan Oʻzbekiston-Yaponiya hamkorligida mavjud ulkan salohiyat xalqlarimiz farovonligi yoʻlida har tomonlama roʻyobga chiqishiga ishonch bildirilgan.