Shavkat Mirziyoyev gʻalla hosilini koʻrdi va kombaynni boshqarib, gʻalla oʻrdi

0
128
views

Prezident Shavkat Mirziyoyev Angor tumanidagi “Angor Surxon gʻururi” klasterida boʻlib, gʻalla va gʻoʻza rivojini koʻzdan kechirdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ushbu klasterning umumiy yer maydoni 11 ming gektardan ziyod. Shuning 4 ming 870 gektarida gʻalla yetishtirilmoqda. Bu yil Rossiya Federatsiyasidan kasalliklarga chidamli gʻalla navlari keltirib ekilgan. Gektariga 80 sentnerdan hosil olish kutilyapti.

Davlatimiz rahbari kombaynni boshqarib, gʻalla oʻrdi.

4 ming 656 gektarda paxta qoʻshqator ekilgan. Kaliforniya usulida sugʻorish natijasida suv sarfini 50 foizga tejashga erishilmoqda.

Prezident soha mutaxassislari bilan suhbatda paxtani qoʻshqator usulda ekishni janubiy hududlarda ommalashtirish va bu orqali yuqori hosil olish mumkinligini qayd etdi.

Klasterda sabzavot va dukkakli ekinlar ham yetishtiriladi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here