Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahridagi Faxr xiyoboniga tashrif buyurib, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Maʼlumki, Haydar Aliyev atoqli siyosiy va davlat arbobi, mustaqil Ozarbayjonning asoschisi boʻlgan. Uning qatʼiyati, kuchli siyosiy irodasi va beqiyos yetakchilik qobiliyati tufayli qardosh davlat murakkab sinovlarni munosib yengib oʻtgan.
Haydar Aliyev oʻzbek xalqining yaqin doʻsti boʻlgan. Oʻzbekistonga bir necha bor tashrif buyurgan. Qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tarixiy rishtalar va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qoʻshgan.
Bunga oʻziga xos ehtirom sifatida siyosatchining xotirasi yurtimizda ham eʼzozlab kelinmoqda. Toshkentda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda. Oʻtgan yili Prezident Ilhom Aliyevning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida poytaxtimizda Haydar Aliyev nomidagi koʻcha va xiyobon ochilgan edi.
Bularning barchasi qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi mustahkam doʻstlikning yorqin ifodasidir.
Davlatimiz rahbari Haydar Aliyev va uning rafiqasi Zarifa Aliyeva qabrlariga gul qoʻydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi.