Shavkat Mirziyoyev Islomobodga keldi

0
150
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni davlat tashrifi bilan Pokistonga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Islomobod shahridagi aeroportda davlatimiz rahbarini Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon kutib oldi.

Oliy darajadagi muzokaralar bugunning oʻzida boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizm sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar natijasi boʻyicha qoʻshma deklaratsiya va qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari tashrifning ikkinchi kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy, yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan ham uchrashadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.