Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorakoʻl tumanidagi Xoʻjalar mahallasida aholining yashash tarzi bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Mahalla Qorakoʻl tumani markazida joylashgan boʻlib, 2 ming 800 nafardan ziyod aholi yashaydi. Bu yerda koʻplab savdo shoxobchalari, toʻqimachilik korxonalari bor.
Davlatimiz rahbari shu mahallada yashovchi Sohib Xoʻjamberdiyev xonadonida mehmon boʻldi.
Oila boshligʻi tadbirkor. Turmush oʻrtogʻi Diloromxon bilan ikki farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Ular mahalladagi omilkor oilalardan. Tomorqada va kichik issiqxonada poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Chorva va parranda roʻzgʻorga baraka kiritadi.
Xonadon sohiblari bilan mamlakatimizdagi tinchlik, bugungi imkoniyatlar, islohotlar natijasi haqida samimiy suhbat boʻldi.
Mahalla nuroniylari yurtimizga qut-baraka va farovonlik tilab duo qildi.