Shavkat Mirziyoyev: Maqsadimiz — har bir yoshga munosib sharoit yaratish

0
119
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumtaʼlim maktabini kirib koʻrdi, duo oʻqildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Konstitutsiyamizda Oʻzbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilandi. Bu boradagi eng muhim sohalardan biri taʼlimdir. Shu maqsadda yangi muassasalar qurish bilan birga taʼlimning mazmunini yaxshilashga ham eʼtibor qaratilmoqda.

32-maktab joriy yilda kapital taʼmirlandi. U 782 oʻquvchiga moʻljallangan. 22 ta sinfxona, sport zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonalarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Kutubxonada 1 ming 500 dan ziyod badiiy adabiyotlar jamlangan.

Maʼlumki, yoshlarni kamida ikkita chet tili va bitta zamonaviy hunarga oʻrgatish maktab taʼlimidagi asosiy yoʻnalish sifatida belgilangan. Maktabning boʻsh turgan yer maydonida yengil konstruksiyalardan qoʻshimcha xonalar qurilib, 15 xil kasb-hunar uchun sharoit tashkil etilgan. Ularda oʻquvchilar kompyuter, texnik xizmat koʻrsatish, toʻquvchilik, sartaroshlik, kosmetologiya, kulolchilik, oʻymakorlikning ilk saboqlarini oʻrganadi.

Prezidentimiz ushbu xonalarni kirib koʻrdi, yozgi toʻgarakka kelgan bolalar bilan suhbatlashdi.

— Biz oliy taʼlimda qamrovni kengaytirib boryapmiz. Lekin hamma ham universitetda oʻqishni tanlamaydi. Shuning uchun farzandlarimizga maktabdayoq chet tillari va hunarlar oʻrgatishni maqsad qilganmiz. Kimning kichkina boʻlsayam qoʻlida kasbi boʻlsa, kuni oʻtadi. Keyin yana oʻz ustida ishlab, mahoratini oshirishi ham mumkin. Maqsadimiz — har bir yoshga munosib sharoit yaratish, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda oʻqituvchilar va mehnat faxriylari bilan muloqot qildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.