Shavkat Mirziyoyev: Men sizlarday koʻzi yongan, yuragi yongan yoshlarni izlayman, cizlar shunga munosibsizlar

0
112
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston yoshlari forumiga yigʻilgan yigit-qizlar bilan muloqot qildi. Toshkentdagi “Humo Arena” saroyiga kelganlar va hududlardagi ishtirokchilar oʻz fikrlarini, taklif va mulohazalarini ochiq bayon etdi.

Davlatimiz rahbari barcha dolzarb tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlab, ular boʻyicha mutasaddilarga shu yerning oʻzida koʻrsatmalar berdi.

— Forum davomida sizlar bilan suhbatlashgan vazirlar menga savollaringni, fikrlaringni aytib berdi. Davlat idoralari rahbarlari yoshlarning muammolarini ota-ona boʻlib, yuragidan oʻtkazib, tizimli shugʻullanmagani haqiqat. Endi hamma rahbarlar yoshlarning ovozini eshitadi, talablarini amalga oshiradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz forum davomida bildirilgan fikrlar har tomonlama tahlil qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinishini taʼkidladi.

– Men sizlarga bir sirimni aytaman: hududlarga borganda koʻproq yoshlar bilan uchrashishga, ular bilan gaplashishga harakat qilaman. Chunki men sizlarday koʻzi yongan, yuragi yongan yoshlarni izlayman. Sizlar shunga munosibsizlar, – dedi Prezident.

Forumda “Humo Arena” saroyiga kelgan 3 ming 300, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

– Bugun tarixiy uchrashuvimiz. Kelinglar, bu doimiy boʻlib qolsin. Xalqimiz mehr koʻzda degandek, bir-birimizga mehrimiz abadiy boʻlsin, – deya soʻzini yakunladi Shavkat Mirziyoyev.

Forum ishtirokchilarining mamlakatimiz yoshlariga murojaati qabul qilindi.

Ushbu forum, Prezident bilan muloqot mamlakatimiz yoshlariga koʻtarinki ruh, unutilmas motivatsiya bagʻishladi. Tadbir yakunidagi konsert katta bayram shodiyonasiga aylanib ketdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.