Shavkat Mirziyoyev: Odamlar tibbiyotda adolatni sezishi kerak

0
64
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Shayxontohur tumanidagi Markaziy koʻp tarmoqli poliklinikani borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Bu shifo maskani 1994 yilda qurilgan, 2017 yilda rekonstruksiya qilingan. Bu yerda terapiya, nevrologiya, kardiologiya, revmatologiya, allergologiya, pediatriya, jarrohlik kabi boʻlimlar, tashxis uskunalari mavjud.

Ushbu markaziy poliklinika va uning tarkibidagi 9 ta oilaviy poliklinika tumanning 51 ta mahallasida yashovchi 346 ming nafar aholiga xizmat koʻrsatilmoqda.

Prezidentimiz ushbu poliklinikalar negizida tibbiyot klasteri tashkil etish boʻyicha koʻrsatma berdi.

— Zamon talabi shunday: xususiy tibbiyot rivojlanib boraveradi. Aholining bir qismi xususiy klinikalarga boradi. Lekin davlat barcha aholini sifatli tibbiyot bilan qamrab olishi kerak. Shuning uchun bu yerni klasterga aylantirib, davolashni manzilli yoʻlga qoʻyish, samaradorligi va qamrovini oshirish zarur. Odamlar tibbiyotda adolatni sezishi kerak, — dedi Prezident.

Mutasaddilarga shu borada topshiriqlar berildi.

Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Olim Xoʻjayev nomidagi mahallada ham boʻldi. Bu yerda oʻtgan asrning 60-yillarida qurilgan ikki qavatli uylarni renovatsiya dasturi asosida yangilash rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbariga shu boradagi loyiha haqida maʼlumot berildi. Prezidentimiz mahalladagi nuroniylar, xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.