Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Qahramoni holidan xabar oldi

0
78
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida davolanayotgan Oʻzbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati aʼzosi Hasan Normurodovni borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu inson yurtimizdagi fidoyi nuroniylardan. Uzoq yillar xalq taʼlimi tizimida ishlagan. Keyinchalik “Nuroniy” jamgʻarmasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi sifatida mehnat faxriylarini ijtimoiy himoya qilish ishlariga katta hissa qoʻshgan. Hozirgi kunda Samarqand viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

82 yashar Hasan Normurodov jonkuyar va samimiy inson sifatida viloyat aholisi oʻrtasida hurmat qozongan. 2019 yilda Prezidentimiz farmoniga koʻra “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.  

Shavkat Mirziyoyev fidoyi mehnat faxriysiga mustahkam sogʻlik va bardamlik, uzoq umr tiladi.

Hasan Normurodov vaqt topib kelgani, yuksak eʼtibor koʻrsatib, qoʻllab-quvvatlagani uchun davlatimiz rahbariga tashakkur bildirdi.

Shu bilan Prezidentning Samarqand viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.