Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni 2022 yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Xitoy poytaxtining “Shoudu” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini ushbu mamlakatning rasmiy shaxslari kutib oldi.
Qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadionida boshlanadi.