Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga keldi

0
263
marta koʻrilgan.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish hamda davlat rahbari sifatida bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 11 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Davlat rahbari avvalo Qarshi tumanidagi Abu Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etildi.

Bu ulugʻ mutafakkir XI asrda yashagan. Moturidiya taʼlimotining davomchisi, aqida ilmining yetuk bilimdoni sifatida dinimiz sofligini saqlagan, adashganlarni maʼrifat bilan toʻgʻri yoʻlga boshlagan. Lekin uzoq yillar uning merosi ham, qadamjosi ham eʼtibordan chetda qolib ketgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan alloma maqbarasi obod va ulkan ziyoratgohga aylantirildi. Davlatimiz rahbari ushbu bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Bu yerda yangi masjid, muzey, kutubxona va maʼmuriy binolar qurilgan. Daraxtlar, gullar ekilib, soʻlim bogʻ tashkil etilgan. Abu Muin Nasafiy kitoblarining nomi va oʻgitlari yozib qoʻyilgan. Ziyoratgohda XI asrga oid yodgorlik va quduq, XIII asrda qurilgan eski masjid ham saqlanib qolgan.

Prezidentimiz yangi masjid va muzeyni kirib koʻrdi. Muzeyda Abu Muin Nasafiyning hayoti va asarlari multimedia vositalari orqali aks ettirilgan. Bu yerda qadimgi Samarqand qogʻoziga bitilgan Qurʼoni karimning asl nusxasi, matoga toʻqib yozilgan muqaddas oyatlar ham saqlanmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev alloma asarlari bugungi kunda ham dolzarbligini, ularning magʻzini xalqimizga, yoshlarga yetkazish kerakligini taʼkidladi. Shu maqsadda Qarshi davlat universiteti qoshida Abu Muin Nasafiy nomida ilmiy markaz tashkil etish taklifini bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.