Shavkat Mirziyoyev: Qoraqalpoq elining vijdoni pok

0
106
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi Amudaryo mahallasini borib koʻrdi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Bu yerda 6 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. 2 ta sanoat korxonasi, 20 dan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida odamlar ish bilan band.

Yaqinda mahalladagi ichki yoʻllar, tabiiy gaz va elektr tarmoqlari taʼmirlandi. Yon-atrof obodonlashtirildi. Maktab va maktabgacha taʼlim muassasasi qiyofasi yangilanib, sharoitlari yaxshilandi.

Ushbu maktab hovlisida mahalla faollari, nuroniylar bilan samimiy suhbat boʻldi.

— Men Prezident sifatida boshqa hududlarga nisbatan eng koʻp Qoraqalpogʻistonga kelibman. Birinchi qadamlarimizdan bildikki, pastga tushsak, birlashsak, harakat qilsak, oʻzgarish qilsa boʻlar ekan. Soʻnggi yillarda Qoraqalpogʻistonda katta yanilanish boʻldi. Ichimlik suvi taʼminoti yaxshilandi, maktabgacha taʼlim qamrovi oshdi. Koʻplab uy-joylar qurildi. Bunday oʻzgarishlarni sizlarning mahallangizda ham koʻrib, xursand boʻldim, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Nuroniylar iyulda yuz bergan voqealar katta xato boʻlganini, ayrim yoshlar adashganini aytdilar. Asrlar davomida qoraqalpoq va oʻzbek bir tanu bir jon boʻlib ketganlarini taʼkidlab, xalqimizga tinchlik-omonlik soʻrab duo qildilar.

— Albatta bu barchamizni qattiq tashvishga soldi. Bu hodisalar Qoraqalpogʻiston xalqining xohish-irodasi emasdi. Qoraqalpoq elining vijdoni pok. Xalqimiz «et bilan tirnoq».  Ilohim, bunday koʻngilsizliklar boshqa boʻlmasin, yurtimiz tinch, ogʻzibirchiligimiz abadiy boʻlsin, — dedi Prezident.

Shu bilan davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.