Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Bosh vazirining oʻrinbosari – tashqi ishlar vazirini qabul qildi

0
58
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya tadbirlarida ishtirok etayotgan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdini qabul qildi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi davlatimiz rahbariga Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va oʻzaro manfaatli hamkorlik dasturlarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Afgʻonistondagi vaziyatdan kelib chiqib mintaqa kun tartibidagi masalalar hamda avgust oyining boshida Turkmanistonda oʻtkaziladigan navbatdagi Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik masalasi koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.